28 Nakshatra haqida

Krittika—quyosh energiyasining urug‘idir, osmon qoplamida bir-biriga yaqinlashgan yetti yorqin yulduzdan iborat mashhur guruh sifatida taqdim etiladi. Ular Pleyadalar tarqalgan yulduz to‘plamini hosil qiladi. Qadimgi vedik ko‘rishlarda bu yetti yulduzni marjon sifatida ko‘rilgan va ularning roliga galaktikada katta ahamiyat berilgan. Bu yulduzlar zamonaviy astronomiyada 27-Buzoq (Atlas), (25)-Buzoq (Altsiona), 23-Buzoq (Meropa), 17-Buzoq (Elektro), 28- Buzoq (Pleyona), 19-Buzoq (Taygeta) va 20-Buzoq (Maya) sifatida tanilgan. Altsiona bu guruhning eng yorqin yulduzi bo‘lib, ko‘rinadigan yulduz kattaligi 2.88 ni tashkil etadi. Bu yulduzlar tungi osmonlarda juda oson ko‘rinadi, chunki ular bir-biriga yaqin joylashgan. Aslida, ular tungi osmonlarda boshqa har qanday obyektdan ko‘ra ko‘proq ajralib turadi. Bu yulduzlarni tungi osmonda topish uchun, Alfa-Buzoq (Aldebaran, keyingi yulduz to‘plamiga tegishli, Rohini) yorqin yulduzining o‘ng tomonidagi hududga e’tibor qaratish kerak.


Yo‘nalishi

Qizil, oltin, sariq kabi olov ranglari tavsiya etiladi.

Gotra (kosmik nasl)

Bu nakshatra Angiras donishmandi ila bog‘liq. Uning ismi «olovli» degan ma’no anglatadi.

Ramzi

Nakshatraning asosiy ramzi bolta, qirrali yoki boshqa har qanday sovuq qurol, masalan, pichoq. Bu ramz, albatta, uning nomi bilan bog‘liq bo‘lib, kesish va kirish ma’nosini anglatadi. Barcha o‘tkir asboblar konstruktiv va destruktiv maqsadlar uchun ham ishlatilishi mumkin. Masalan, pichoq sabzavotlarni kesish uchun ham, kimgadir zarar etkazishlik uchun ishlatilishi ehtimoli mumkin. Shuningdek, Krittikaning bostirib kirishi aqliy va hissiy faoliyatning yuzaki qatlamlarini kesish uchun ishlatilishi mumkin. Boshqa tomondan, u g‘azab yoki dushmanlik tufayli zarar etkazish uchun ishlatilishi mumkin.



Krittikaning buzuvchi va konstruktiv jihatlari

Buzuvchi jihatlar universallik nuqtai nazardan konstruktivdir, ayniqsa,dushman pichoqning uchida adolatsiz yoki yovuz bolganda. Har qanday turdagi olov,Krittika uchun yana bir keng tarqalgan ramzdir. U Agni, Olov Xudosi bilan bog‘liq. To‘rg‘ay ushbu nakshatraning yana bir alternativ ramzi. O‘zgacha bezatilgan to‘rg‘ayning patlari ushbu nakshatraning erkak qismidagi jangovar tabiatiga tegishlidir va boshqaruvchisi uchun harakat vositasini ifodalaydi.

Jinsiy turi

Ushbu Nakshatradagi hayvon bu qo‘y yoki echki. Bu hayvon yetarlicha passiv mavjudot sifatida ko‘riladi. Qo‘y belgisining ramzi, agar bezovta qilinsa, agressiya va kurashga qodir.

Boshqaruvchi Xudolar

Agni Olov Xudosi, va Kartikeyya, U bizga malum qilingani bo’yicha Xudolarni osmon armiyasining qo‘mondoni, ushbu yulduzlar to‘plamining asosiy boshqaruvchisi hisoblanadi.

Xarakteri va tabiat

Krittika o‘tkir, issiq va faol energiyaga ega bo‘lib, qat’iylik, jasorat va fidoyilik bilan ajralib turadi. Bu nakshatradagi odamlar to‘g‘ri, aniqlikni qadrlovchi va maqsadlariga qat’iy yetuvchi insonlardir. Krittika bu Rajasa gunasidagi nakshatradir.

Krittika padalari

1- pada (26°40′-30°00′ Qo‘y, Navamshaning o‘tishi (Sagitarius), Quyosh boshqaruvida) Jasorat va rahbarlikni ifodalaydi. Ushbu pada egalarida kuchli iroda, maqsadga qat’iyat bilan erishish, ma‘suliyat bilan yetakchilik qobiliyati mavjud.

Поделиться

Добавить комментарий

Прокрутить вверх