Перейти к основному содержимому
28 Nakshatra haqida
Фрагмент

28 Nakshatra haqida

Оценок пока нет
2025
20 стр.

Bu kitobda 28 yulduz haqida to‘liq va chuqur ma’lumot topasiz. Nakshatralarning har biri tabiiy belgilar, inson hayotiga ta’siri, ularning xususiyatlari va sayyoralar bilan bog‘liqligi batafsil yoritilgan. 450 betlik ushbu asar sizga o‘z taqdiringizni anglash va uni yaxshilash yo‘lida yo‘riq bo‘ladi. Nakshatra sirlari va ularning kundalik hayotimizdagi o‘rnini kashf qilmoqchi bo‘lsangiz, bu kitob siz uchun ideal hamrohdır. Islomiy va vediy astrologiyaning ushbu boy merosini to‘liq o‘rganib, hayotingizni o‘zingiz boshqarish imkonini qo‘lga kiriting. Taqdiringiz bilan o‘ynayotgan "ko‘zga ko‘rinmas raqib"ni qanday yengishni endi shunday to‘liq tushunasizki, bu kitob sizga hayotingizning har bir qadamini boshqarishga kuch beradi. O‘qishingizdan keyin nafaqat o‘z taqdiringiz yaxshilangan, balki uzoq muddatli muvaffaqiyatning kalitini topgan bo‘lasiz. Bu kitob – ichki bilimlaringizni ochish va hayotingizning eng yaxshi versiyasiga erishish yo‘lidagi muhim qadamdir. Muallif Chengiza.

Реклама. ООО ЛИТРЕС, ИНН 7719571260, erid: 2VfnxyNkZrY
Страница 1 из 20

2- chi pada 3°20’-6°40’ Qisqichbaqa yulduzLar to'plami, Tarozi navamshasi, Saturn boshqaruvida. Tartib-intizom (Libra) amaliyotgacha yo‘naltirilgan. Bu padada tug‘ilganlar intizomli, sabrli va qat’iy bo‘lishadi. Hissiyot va mantiqni muvozanatlashni yaxshi biladi, bu ularga biznes, boshqaruv hamda ilm-fanda muvaffaqiyat qozonishga yordam beradi. Mustahkamlik va hayotdagi tartib ular uchun muhim. Haddan tashqari qat’iylik va pesimizmga moyillik bo‘lishi mumkin. Saturn, Merkuriy, Oy va Mars ushbu padada ijobiy ta’sir ko'rsatadilar.

3- chi pada 10°00’ – 13°20’ Qisqichbaqa yulduzlar to‘plamida, Tarozi (Libra) navamshasida, Venera boshqaruvida. Bu pada uy, qulaylik, hashamat va muloqotga katta e’tibor qaratadi. Uchinchi pada nativlari intellektual qobiliyatlari bilan ajralib turadi, bilimga chanqoq, muloqotda faol, ko‘pincha o‘qituvchilik, yozuvchilik yoki maslahat berish sohalarida muvaffaqiyatga erishadilar. Ular aql va hissiyotlarni muvozanatlashga harakat qiladi. Sirtlilik va konformizm (moslashuvchanlik) bo‘lishi mumkin. Oy, Merkuriy, Venera va Saturn bu padada yaxshi his qiladi.

4- chi pada 13°20’ – 16°40’ Qisqichbaqa yulduzlar to‘plami, Chayon navamshasi, Mars boshqaruvida. Bu padada Pushyaning ezoterik, ruhiy tomoniga tegishli. U boshqa olamlarning osmoniy mavjudotlari biLan bog‘lanishga intiladi. Mantra va ritualar bilan bog‘liq. To‘rtinchi pada nativlari chuqur hissiy, sezgir va ichki intuitsiyaga ega bo‘ladilar. Ular ruhiy rivojlanishga qiziqish bildiradilar. Qaramlik, ta’qib, fanatizm kabi salbiy xususiyatlar namoyon bo‘lishi mumkin. Faqat Yupiter va Venera sayyoralaridan ta’sirlanmaganlar ushbu padada muvaffaqiyat qozonadilar.

Kasblar

Sut sanoati, oziq-ovqat va ichimliklar ishlab chiqarish bilan shug'ullanuvchilar.

Savdogarlar, siyosatchilar, boshqaruvchilar.

Restoran egalari, tadbirkorlar.

Ruhoniylar, monastirlar, ruhiy o‘qituvchilar.

Psixoterapevtlar, menejerlar, xayriyachilar va tashkilotlari, ijtimoiy xizmatlar xodimlari.

Daryolar, ko‘llar bilan bog‘liq sohalarda faoliyat yurituvchilar.

Ta’lim sohasida o‘qituvchilar va mutaxassislar, bolalar bilan ishlash bo‘yicha mutaxassislar.

G‘amxo‘rlik qiladigan shaxslar, enagalar.

Ko‘chmas mulk agentlari .

Hunarmandlar, dehqonlar, bog‘bonlar.

Ortodokslar, an’anaviychilar va diniy fanatiklar.

Joylar

Daryolar, portlar, rezervuarlar, akvariumlar, fontanlar, basseynlar, kanallar, qayiqchalar, qayiq omborlari, jamoat joylari, pivo zavodlari, ayollar kvartallari, yotoqxona, jamoat kir yuvish joylari. Ma’budlar va cherkovlar, mehmonxonalar, kafelar, restoranlar, tarbiyaviy muassasalar, kichik bolalar markazlari, tug‘ruqxona, maktablar , sut zavodlari va fermalar, hukumat uylari, parlament, xayriya tashkilotlari binolari, yuqorida sanab o‘tilgan kasblar bilan bog‘liq barcha joylar.

Guna (tabiat) va Tattva (element)

Страница 1 из 20

Обсуждение книги

Войдите, чтобы оставить комментарий.
Сообщение