
Garmonizatsiya usullari
Muntazam «OM AM», «OM AAM», «OM IM» mantralarini takrorlash. Qizil va yorqin ranglarni kiyish. Ashvini kunlarida muhim ishlarni boshlash. Muhim eslatmalar! Ashvini boshlanish uchun juda qulay, ammo tugatish va uzoq muddatli ishlar uchun kamroq mos. Harakat va erkinlikka intilgan tabiati bor.
Virahamhiraga ko‘ra, «Ashvini nakshtrasida Oy yoqimli ko‘rinish, yaxshi odob va aql beradi. Go‘zal kiyim va bezaklarni sevuvchi tabiatga ega. Tanlagan sohasida malakali va professional bo‘ladi»

2-Nakshatra (Yulduz) Bharani

Osmondagi Joylashuvi – Qo‘y burjida 13°20′ dan 26°40′ gacha davom etadi. Bharani nakshatrasi Venera Benergiyasining oldindan belgilovchisi bo‘lib, Qo‘ch yulduzlarida uchta kam yorqin yulduzdan tashkil topgan uchburchakni hosil qiladi. Qadimgi vedik ko‘ruvchilar bu uchburchakni ayol jinsiy a’zolari sifatida belgilashgan. Zamonaviy astrologiyada bu yulduzlar 35-Qo‘ch, 39- Qo‘ch va 41- Qo‘ch nomlari bilan tanilgan. 41 – Qo‘ch yorqin yulduz bo‘lib, ko‘rinadigan kattaligi 3.62 ga teng, bu esa ushbu yulduzlar to‘plamining kam yorqinligini tushuntiradi. Ushbu yulduzlar haqidagi bilimlar qadimda yopiq bo‘lgan, bu ma‘lumotlar yashirilgan, chunki ular katta ahamiyatga ega deb hisoblangan. Ularni tungi osmonda topish uchun Alfa-Qo‘ch (oldingi nakshatra Ashvini) va Pleyadalar (keyingi nakshatra Kritikka) yulduzlari orasidagi hududga e’tibor qaratish kerak. 41-Qo‘chni ko‘rish eng oson, qolgan ikki yulduz uning o‘ng tomonida joylashgan.

Yo‘nalishlar
Sharq, janubi-sharq va janub yo‘naLishLari biLan bog‘Liq.
Nomining ma’nosi
“Bharani” so‘zi “tug‘diruvchi”, “nasl ko‘rsatuvchi” degan ma’noni beradi. Ayollikning va umr davomida o‘sish, o‘stirish va haL qilish qobiliyatining ramzi.
Ramzlar
Asosiy ramz – vagina (ayoL jinsiy organi), bu unumdorlik va hayot yaratish kuchini ifodalaydi. Alternativ ramz – qayiq, bu turLi mavjudotLar va olamlar orasidagi o‘tishni bildiradi.
Boshqaruvchi Xudolar
Yama – o‘lim xudosi, hayot va o‘lim o‘rtasidagi o’tishni nazorat qiladi. Kali – shafqatsiz Xudoga aylangan Parvati ko‘rinishi. Bharani hayot va o‘lim, tug‘ilish va o‘lim jarayonlarini muvozanatlab, qarama- qarshi kuchlarni yuzaga chiqaradi.
Tabiat va Xarakter
Bavari sifatida cheklov va intizom bilan tavsiflanadi. Bharani ostida tavallud topgan odamlar ko‘pincha sarguzashtlarga intiladi, o‘z atrofini sinovlarda o‘tkazishni xohlaydi. Shuningdek ularning aksariyati tug‘ilish paytida ko‘pincha oyoq yoki tos bilan (ba’zan ikkalasi bilan) dunyoga kelishlari e’tiborga loyiq qiziqarli fakt hisoblanadi. Asosan bu Yulduz ostida dunyoga keladigan bolalar onasi va boshqa yaqinlariga ko‘p qiyinchiliklar beradi.

Jinsiy turi