Tizzalar va oyoq barmoqlari. Ushbu nakshatra tomonidan boshqariladigan asosiy, muhim tananing qismlari hisoblanadi. Tizzalar harakat bilan bog‘liq bo‘lgani uchun, ular yurish, yugurish va sakrash qobiliyatimizni namoyon etishda muhim rol o‘ynaydi. Otlar tezlikda yugurishi mumkin, chunki ularning tizzalari kuchli va bardoshli. Oyoqlari ham harakat qilish qobiliyatimizda katta ahamiyatga ega. Ushbu nakshatra Vatta yani (havo) konstitutsiyasini ustunligi bilan ajralib turadi. Vatta, bilganimizdek, Ashvinining tabiati «musiqasiga» juda harakatchan energiya olib kiradi. Tabiatdagi mavjud bo‘lgan barcha harakatchan mavjudotlarni, misol uchun, qushlar Vatta konstitutsiyasiga ega bo‘ladi.
Ashvini padalari
1- chi pada (0°00′-3°20′ Qo‘y, Navamsha Qo‘y, Mars boshqaruvi) Ushbu pada jasorat va faollikni ifodalaydi. Bu padada tugilgan odamlar jasoratli, tez harakat qiluvchi, tashabbuskor va qo‘rqmas insonlardir. Ular rahbarlik qilishga moyil va doimo yangi boshlanishlarga tayyor turadilar.
2- chi pada (3°20′-6°40′ Qo‘y, Navamsha Buqa, Venera boshqaruvi) Bu pada go‘zallik, san’at va amaliyotga moyil bo‘ladi. Ushbu padasida tug‘ilgan odamlar ijodkor, estetik jihatdan nozik va hayotdagi farovonlikka intiluvchan bo‘ladi. Ular diplomatiya va san’atning xar turli yo‘nalishidagi sohalarida muvaffaqiyatga erishadilar.
3- chi pada (6°40′-10°00′ Qo‘y, Navamsha Egizaklar, Merkuriy boshqaruvi) Bu pada muloqot va hazil- mutoyibaga boy. Unda tug‘ilganlar tez fikrlaydigan, ijtimoiy va hazilkash bo‘lib, aql-idrok va muloqot qobiliyatlariga ega. Ular turli ijtimoiy faoliyatlarda muvaffaqiyatli bo‘lishadi.
4- chi pada (10°00′-13°20′ Qo‘y,Navamsha Qisqichbaqa, Oy boshqaruvi) Bu pada shifobaxshlik va hamdardlik bilan ajralib turadi. Ushbu padasida tug‘ilganlar mehribon, hissiy sezgir va boshqalarga yordam berishga tayyor insonlardir. Ular tibbiyot, maslahat berish va ruhiy sohalarda faoliyat yu ritishadi.

Ashvini nakshatrasi kasblari va faoliyati
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash: shifokorlar, tez yordam xodimlari, jarrohlar, fizioterapevtlar va boshqa tezkor yordam ko‘rsatuvchi mutaxassislar. Sport va jismoniy faoliyat: sportchilar, murabbiylar, jang san’ati ustalari. Transport va tezkor xizmatlar: haydovchilar, transport sohasida ishlovchilar, kuryerlar, kaskadyorlar. Tadqiqot va ilmiy soha: olimlar, tadqiqotchilar, ixti rochilar. Biznes va savdo: tadbirkorlar, savdogarlar, menejerlar. Reklama va kommunikatsiya: turli reklama kompaniyalari, PR mutaxassislari, marketing sohasidagi mutaxassislar. Ta’lim va huquqiy faoliyat: o‘qituvchilar, yuristlar, huquqshunoslar. Harbiy xizmat: armiyada yoki xavfsizlik sohasida xizmat qiluvchi shaxslar.
Ashvini vakillari odatda juda xam tezkor, jasoratli, innovatsion va insonlarga yordam berishni yaxshi ko‘radigan shaxslar bo‘lib, hayotda doimo yangi yutuqlarga intiladi. Ularning ruhiyati sarguzashtlarni sevadi va ular o‘z yo‘llarini izlab topishda mahoratlidir.
Temperament va energiya
Sattvik sifatlar, Yer elementi. Tezkorlik, boshlang‘ich kuchlar. Yuqori moslashuvchanlik va qayta tiklanish qobiliyati.
Ashvinining hayvoniy ramzi – Ot boshidir. Ot tezlik, jasorat va yangiliklarning timsoli hisoblanadi. Bu Ashvini nakshatrasining asosiy energiyasini ifodalaydi, yordam berish, tez harakat qilish va to‘siqlarni yengish.

Tovushlar va harflar
Birinchi pada «CHU».
Ikkinchi pada «CHE».
Uchinchi pada «CHO».
To‘rtinchi pada «LA».