28 Nakshatra haqida

Ashlesha va Gidra o‘rtasidagi bog‘lanish allaqachon ta’kidlangan. Grek mifologiyasida Gidra ko‘p boshli ilon bo‘lib, Gerkules tomonidan yengilgan. Qiziqarli tomoni shundaki, qirollik nakshatrasi Magha ushbu yuLduz to‘pLamiga yaqin joylashgandir. Qadimgi afsonaLar shuni aytadiki, taxt va hokimiyat faqat o‘zimizdagi qorong‘u ilon sifatLarini yengganimizdan keyin qo‘lga kiritiladi. Inson tabiatining salbiy qismi yuqori ijobiy xarakter xususiyatlariga joy berishi kerak. Shu sababli Ashlesha yaxshilik va yomonlik o‘rtasidagi kurashda muhim rol o‘ynaydi. Kundalini energiyasi bilan bog‘liqligi Ashlesha to‘g‘ridan-to‘g‘ri Kundalini energiyasi bilan bog‘liq. Kundalini – ilon shaklidagi energiya bo‘lib, umurtqa pog‘onasining pastki qismidagi Muladhara chakrasida (sakkizta ildiz markazi) joylashgan. Ashleshaning vazifasi – bu energiyani faollashtirish va ko‘tarishdir. Uning ta’sir doirasi va faoliyat maydoni asosan ildiz markazining instinktiv, dastLabki qismida joylashgan. Kundalini energiyasini uyg‘otish ma’rifatga erishish yo‘lidagi birinchi qadam hisoblanadi. Bu Ashlesha – ongli tanlov amalga oshiriladigan nuqta ekanligini yana bir bor ta’kidlaydi. Donishmandlik va ma’rifat yo‘lini boshlash uchun biz past materiaListik tabiatga aloqador bo‘lgan barcha narsalardan umumiy voz kechishimiz kerak. Kundalini yo‘llari Ashleshadan boshlanib, Uttara Bhadrapadada yakunlanadi.

Viramhira ma’lumotlariga ko’ra, Ashlesha bilan tug’ilganlar ko‘pincha yolg‘onchi, yovuz, makrli, minnatdorchilikdan mahrum, hiyLa-nayrangli va yo‘lida hamma narsani yutib yuboradigan shaxslar bo‘lishadi. Ushbu misollar Ashlesha nakshatrasining murakkab va ko‘p qirrali xarakterini ko‘rsatadi, unda ijobiy va saLbiy sifatlar bir-biriga aralashgan.



10 chi Nakshatra (Yulduz) MAGHA


Osmonda joylashuvi

00°00′ Arslon- 13°20′ Arslon. Magha nakshatrasi nakshatralar orasida eng yorqin va yiriklardan biri bo‘lib, tungi osmonda Arslon qiroli yulduzlar guruhida joylashgan. Uning eng yorqin yulduzi Regulus yoki Alfa-Leonis bo‘lib, magnitudasi 1,41 ga teng. Bu yulduz tungi osmonning eng yorqin yulduzlaridan biri hisoblanadi va “Kichik Qirol” yoki “Kichik Quyosh” deb ataladi. Magha nakshatrasining boshqa yulduzlari qizil yulduzlar qoldig‘idan tashkil topgan bo‘lib, ular zamonaviy astronomiyada Eta-Leonis (Al Jabba), Zeta-Leonis (Adhafera), Myu-Leonis (Rasalas), Epsilon-Leonis, Lambda-Leonis (Alterf) va Kappa- Leonis nomlari bilan tanilgan. Qadimgi vedik ko‘ruvchilar bu yulduzlar to‘plamini taxt sifatida ko‘rgan, boshqa madaniyatlar esa uni Arslon sifatida tasvirlagan.


Yo’nalishi

Magha sharq, janub, shimolg‘arb va janubg‘arb

Ijtimoiy Guruh (Kasta)

Qiziq fakt, vedik ko‘ruvchilar Maghaga shudra (xizmatkorLar) kastasini berishgan. Ushbu qarashni podshoh o‘z xalqining xizmatkori bolishi biLan izohLash mumkin.

Jins

Magha ayol nakshatra. An’anaviy vedik adabiyotda farovonlik, mashhurlik va omad kabi tushunchalar asosan ayol bilan boglanadi. Moddiy dunyodagi ko‘plab narsalar Xudolar shaklida ifodalanadi. Qiziqarli jihati shunda-ki, hatto shovqin suron kabi xususiyatlar ham asosan ayol sifatida qaraladi.

Gotra (Koinot NaslNasabi)

Поделиться

Добавить комментарий

Прокрутить вверх