Ashlesha pasayuvchi nakshatra hisoblanadi. Ilgaridan ma’lum bo‘lishicha, ilonlar yer ustida yashamaydilar. Ashlesha ma’noda yer osti hayotini qo‘llab- quvvatlaydi. Unda joylashgan sayyoralar ko‘pincha o‘zini ehtiyotkor tutadi yoki yashirin usulda harakat qilishga majbur bo‘ladi. Ashlesha og‘ir, keskin va dahshatli bo‘lgan nakshatra hisoblanadi. Bu uning salbiy potentsialini hisobga olganda ajablanarli emas.
Oy oyi va kuni
Ashlesha Magh oyining birinchi yarmiga to‘g‘ri keladi, bu odatda gregoryan taqvimida yanvar oyiga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, Ashlesha Navami (9-titxi yoki kun) o‘suvchi va kamayuvchi Oy tsiklining fazasi bilan bog‘liq.
Foydali faoliyatlar
Qattiq choralarni talab qiladigan barcha faoliyatlar, masalan, zaharlar bilan ishlash, sud jarayonlarini olib borish va boshqalar. Dushmanlarga qarshi intrigalar va fitnalarni qo‘llab-quvvatlash. Jinsiy faoliyati, qisqa muddatli harakatlardir. Kundalini yogasi.
Noqulay faoliyatlar
Barcha yangi boshlanishlar uchun noqulay. Ayniqsa tijorat faoliyati, qarz olish yoki berishlar uchun noqulay.
Boshqaruvchisayyora
Oy va Merkuriy Ashlesha nakshatrasi bilan bog‘liq ikkita sayyora hisoblanadilar. Merkuriy esa asosiy boshqaruvchi sayyora bo‘lib, uning beqarorlik, qochqinlik va aldov kabi salbiy xususiyatlari Ashlesha nakshatrasida namoyon bo‘ladi. Ashlesha ko‘pincha Merkuriy sezgirligi va hisob – kitob qilish qobiLiyatini o‘z egoistik maqsadlariga ishLatadi. Merkuriyning asosiy vazifasidan biri ongni, ya’ni Oy tomonidan ifodalangan hissiyotLarini nazoratini qilishdir. Ashlesha ongni nazorat qilish va ongsizni boshqarish uchun moljaUangan joydir. Zamonaviy dunyoda Merkuriy sayyorasini Oy ustidan nazorati jamiyatni ommaviy axborot vositalari orqali aldashga xizmat qiladi. Bu salbiy holatlar Merkuriy energiyasini Ashleshani Kali-Yuga davrida eng xavfli nakshatraga aylantiradi. Merkuriyga muvozanatni saqlash huquqi berilganligi sababli, jamiyat va butun dunyo muvozanatdan chiqib ketayotganida bu ayniqsa seziladi. Ashlesha ong va hissiyotlar, ong va ongsiz, aql va aqlsiz o‘rtasida kechadigan ichki kurash maydoni. Uni g‘ayrioddiy energiyasi odamni tushkunlikka va noto‘g‘ri yo‘lni tanlashga moyil qiladi. Oy va Merkuriy birga birlashganda xaritada o‘xshash natijalar yuzaga keladi. Yupiter va Ketuni Ashleshaga ta’siri ko‘pincha ijobiydir. Hech bir sayyora Ashleshada o‘zini juda yaxshi his qilmaydi, lek yaxshi joylashgan Merkuriy sezgirlikni oshiradi va yaxshi biznes qobiliyatlarini beradi.
Ranglar va kiyim-kechak
Ashleshada tug‘ilganlar odatda to’q ranglarga jalb qilinadi, ko‘pincha qizil va qora rangdagi kiyimlarni tanlaydi. Ularga esa ko‘proq sattvik och ranglarni tanlash tavsiya etiladi
Tovushlar va Harflar
Birinchi pada 16°40′ – 20°00′ “Di”
Ikkinchi pada 20°00′ – 23°20′ “Du”
Uchinchi pada 23°20′ – 26°40′ “De”
To‘rtinchi pada 26°40′ – 30°00′ “Do”
Sanskrit alifbosida Ashlesha yulduzi “Kha” va “Ga” tovushlariga mos keladi, shuning uchun ham uning mantralari «Om Kham» va «Om Gam» hisoblanadi.
Jinsiy tur va moslik
Ashlesha hayvoni mushuk hisoblanadi. Mushuklar jinsiy jihatdan juda faol mavjudotlar sanaladi. Ashleshani tavsiflovchi asosiy kalit so‘zlari o‘rash, yopish, qamrab olish kabi harakatlar jinsiy xarakterga ega ekanligini ko‘rsatadi. Bugungi kunda bu nakshatra jinsiy ekspluatatsiyaning katta qismini o‘z zimmasiga oladi. Ashlesha, shuningdek, jinsiy jihatdan Punarvasu nakshtrasi bilan eng mos keladigan nakshatra hisoblanadi.

Ezoterik ma’nosi