Ashleshada tug‘ilganlarning shubhalari ularni yaxshi kuzatuvchilarga aylantiradi. Bunday kuzatuvchanlik ko‘pincha kuchli intuitsiya bilan birlashadi. Ularning intuitsiyasi va aqliy qobiliyatlari, ayniqsa turli xavf mavjud bo‘lgan vaziyatlarda eng yaxshi namoyon bo‘ladi. Bunday odamlar xavfni darhol his qilib, tezda javob qaytarishadi. Ular o‘z yaqinlarini himoya qilishadi va yovuz niyatli odamlar bilan eng shafqatsiz usulda kurashadilar. Moliyaviy ishlarida juda ham tejamkor bo‘lib, hech narsani bekor sarflashmaydi. Ular ochlikka chidashmaydi, bar – restoranlarda o‘zlarini uyda kabi his qilishadi. Ashlesha yulduzi tejamkorligi jihatidan zodiakdagi eng tejamkor belgilar qatoriga kiradi.
Salbiy tomonlari
Ularning shubhalari salbiy tomonga o‘tib, paroniyaga aylanishi mumkin. Eng og‘ir holatlarda bu paranoid shizofreniyaga olib keladi. Ashlesha yulduzi bilan tug‘ilganlar o‘z sezgirliklarini boshqalarni ekspluatatsiya qilish uchun ishlatishga moyil bo‘lishadi. Ularning shubhalari jamiyatda qo‘rquv va ishonchsizlik muhitini yaratadi. Ular ko‘pincha “O‘zingni extiyot qil, qo‘shningni o‘g‘ri tutma” degan fikrda bo‘ladilar. O‘z haqiqiy fikr va his- tuyg‘ularini yashirishga moyil bo’lishib, ishonchli munosabatlar o‘rnatmaydilar, hatto yaqinlari, oila a’zolariga ham ishonmaydilar. Ashlesha xarakterining ikki yo‘nalishi bor, ular boshqalarni aldashadi yoki o‘zlari aldanadilar. Ko‘pchilik Ashlesha bilan tug‘ilganlar asosan qurbon bo‘lishadi, ayniqsa Quyosh va Yupiter sayyoralari Ashleshada joylashgan bo‘lsa. Ular turli zaharlarga, shu jumladan giyohvand moddalarga, farmatsevtik preparatlar va antibiotiklarga moyil bo‘lishligi mumkin. Ashlesha bilan tug‘ilgan odamlar firibgarlik bilan bog‘liq tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanadi, biznesda halol usullarni kam qo‘llaydi va tez-tez yolg’onga murojaat qiladilar. Ular juda ham psixologik o‘yinlar va strategiyalarni yoqtiradi, boshqalarni aldashdan zavq olishadi.
Xarakter va Harakat
Agar siz mushuk va ilonning xususiyatlarini o‘ylab ko‘rsangiz, Ashlesha shaxsiyatini umumlashtirish qiyin emas. Hiyla-nayrang, hisob-kitob, shubhali va befarq, bu mushuklar va ilonlarni umumiy bo‘lgan xususiyatlaridir. Ko‘pchilik fikricha, Ashlesha faol nakshatradir. Garchi u birinchi qarashda passiv ko‘rinishi mumkin, ammo bu faqatgina uning faoliyatining yashirinligi bilan bog‘liq. Ashlesha bilan tug‘ilganlar faol bo‘lmasa ham, doimo biror narsani o‘ylab yurishadi, chunki ularning faoliyati har jihatdan yashirin. Bugungi kunda ko‘plab maxfiy ishlar, jamoatchilik. ko‘zidan uzoqda, Ashlesha energiyasi yordamida amalga oshiriladi. Salbiy xususiyatlarni ijobiy yo‘nalishda ishlatish ijobiy tomonga o‘zgartirishning yakkayu yagona yo‘li – bu o‘zingizni Koinot irodasiga to‘liq moslashtirishdir. Bu jarayonda eng muhim narsa —bu tug‘ma egoizmni yengishdir. Buni amalga oshirgandan so‘ng, shubha ehtiyotkorlikka, hiyla esa donolikka aylanadi. Bu ruhiy uyg‘onish yo‘lidagi birinchi qadamdir. Inson tabiatining pastki ko‘rinishlari biLan to‘qnashganda, tozalangan hoLda chiqish uchun ruhning qorong‘u, demonik qismiga nazar tashlash kerak. AshLesha tabiiy tendentsiyasidan foydalanib, ichki tabiatning yashirin elementlarini tushunish uchun barcha ma’lumotlarni ko‘rishi zarur. Ashlesha zaharlarni yordamida zarba berish kuchi bilan bog‘liq. Bu nakshatra dushman yoki o‘ljaga tezkor hujum qilishning barcha turlari bilan bog‘liq. Shu bilan yana bir bor ushbu nakshatraning xavfli va zararli tabiatini tasdiqlaydi. Tanadagi qismlar va ayurvedik konstitutsiya Ashlesha bilan bog‘liq tananing qismlari-tirsaklar, bo‘g‘imlar, tizzaning yuqori qismi, tirnoqlar va quloqlar. Bu nakshatra «Kapha» (suv) tattvasiga mansubdir. Bu uning Qisqichbaqa burjiga bo‘lgan munosabati bilan izohlanadi. Ko‘pchilik ilon xudolari Kapha xususiyatlariga ega bo‘lib, to‘xtash, dangasalik va bo‘shashganlik bilan tavsiflanadi.