28 Nakshatra haqida

Pushya bu hayot yo‘limizda biz hech narsadan qo‘rqmasdan, xavfsizlik va tinchlikda dam olishimiz mumkin bo‘lgan joydir. Bu barcha nakshatralar ichida eng oziqlantiruvchi bo‘lib, bizni ona qo‘lida osoyishtalik bilan yotgan dastlabki holatimizga qaytaradi. Shu sabab Pushya o‘z nativlarini ona kabi boshqaradi, ularni oziqlantiradi va himoya qiladi, mehr-muhabbat va saxiylik beradi. Pushya nativlari hayotda ko‘pincha qulay va osoyishta holatda boladilar. Pushya ko‘krak bilan bog‘liq. Bu «Inson mehrining suti» degan tasavvurga olib keladi. Mehr- muhabbat, bu nakshatra haqida aytish mumkin bo‘lgan eng asosiy sifatdir. Pushya barakali va tinchlantiruvchi bo‘lib, uning nativlari do‘stlik qilish va yordam berish qobiliyati bilan boshqalarni o‘ziga jalb qiladi. Pushya Saturn tomonidan boshqariladi, shuning uchun u o‘z nativlariga ishonchlilik va qo‘rqmaslik beradi, ular ishonchga loyiq. Ulardan har doim yordam so‘rash mumkin. Barcha nakshatralar ichida Pushya eng sevimli va foydalidir. Uning qo‘shnisi Punarvasu nakshatrasi kabi, u hayotni, farovonlikni, qoniqishni juda yaxshi ko‘radi, ammo Pushya nakshatrasining ustunligi o‘z imkoniyatlarini moddiy darajada namoyon eta olishi, qulaylik va farovonlikni ta’minlaydi. Bu uning boshqaruvchisi Saturnning o‘ziga xos xarakteri bilan bog‘liq. Pushya nakshatrasi o‘zining ijobiy tomonida oziqlantiruvchi, Pushyaning energiyasi qayerga yo‘naltirilmasin, kengayish va o‘sishga olib keladi. Bu hayotning har qanday sohasiga taalluqlidir hissiy rivojlanish, ruhiy yoki moddiy. Pushya to‘liq Qisqichbaqa burjida joylashganligi sababli, uning nativlarida oila, uy va avlodga bo‘lgan kuchli hislar mavjud qiladi. Pushya nativlari yumshoq, sabrli va itoatkor bo‘lib, o‘z oilalariga, onalariga yoki umumiy onalik obrazlariga juda bog‘langan bo‘ladilar.

Pushyaning rivojlanish darajalari va tabiati

Kam rivojlangan darajada Pushya nativlari o‘z yaqinlariga juda saxiy bo‘lib, ularni himoya qiladi va doimo yaqinlarga, atrofidagilarga, yordam qo‘lini cho‘zishga tayyor bo‘ladi, ammo ular butun rasmni, dunyoni kengroq ko‘ra olishmaydi. Ruhning yuqori rivojlanish bosqichida esa ular butun dunyoni o‘z oilasi kabi qamrab oladi, Yer yuzini o‘z iste’dodlari va uzluksiz g‘amxo‘rlik sovg‘alari bilan oziqlantiradi. Pushya sifatlari – muhabbat, hissiy yaxlitlik, tinchlik, saxiylik va farovonlik uning nativLari ruhida osonLik biLan namoyon bo‘ladi.

Pushyaning salbiy tomonlari

Ushbu nakshatraning salbiy jihatlari nativlarni o‘z dunyosida juda qulay his qilishga majbur qiladi, natijada ular ba’zida shafqatsiz, tor fikrli, din va madaniyat masalalarida ortodoksal bo‘lib, o‘z dunyosidan tashqaridagi hech kimni va hech narsani qabul qilmasliklari ko’p uchraydi. Pushya nativlariga xos bo‘lgan bir nechta salbiy sifatlar bor ochiqchasiga tarafkashlik va fanatizm.

Padalari

1- chi pada 0°00’ – 3°20’ Qisqichbaqa yulduzlar to‘plamida, Tarozi (Libra) navamshasida, Yupiter boshqaruvida. Birinchi pada Pushya nakshatrasida uy-joy, oila va ma’naviy rivojlanishga yo‘naltirilgan. Ushbu padada tug‘ilganlar kuchli intuitsiyaga ega, tinchliksevar va g‘amxo‘r bo‘lishadi. Ular ko‘pincha ichki osoyishtaliklari va ruhiy o‘sishga intilishadi, boshqalarga yordam berishlikka va tarbiyalash sohalarida muvaffaqiyatli bo‘ladi. Ularning sabr- toqati va g‘amxo‘rligi ajralib turadi. Haddan tashqari yumshoqlik, qaror qabul qilishda sustkashlik va ba’zan o‘zini izolyatsiyaga olish bo‘lishi mumkin. Oy, Yupiter, Quyosh va Neptun ushbu padaga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Поделиться

Добавить комментарий

Прокрутить вверх