Punarvasuning asosiy boshqaruvchi sayyorasi Yupiter hisoblanadi. Aslida, Yupiter energiyasi ham Punarvasudek tasvirlanadi. Bu etikani oliy darajada rivojlantiradigan birinchi nakshatra bo’lib, diqqat e’tibori o’zidan umumiy farovonlikka o’tadi. Yupiter energiyasi bu yerda moslashuvchanlik qobiliyati orqali namoyon bo’ladi, bu esa Punarvasuni barcha nakshtralar ichida eng oqilona qiladi. Oldin aytib o’tilganidek, Punarvasu bolalik davrining eng qiyin bosqichidan o’tib, boshqalar ehtiyojlarini anglay boshlagan hayotning bosqichlarini ifodalaydi. Shuningdek, Punarvasu Merkuriy va Oy belgilariga to’g’ri keladi, shuning uchun bu ikki sayyora ham aynan ushbu nakshatra bilan bog’liqdir. Merkuriy Punarvasuning muloqotli va harakatchan jihatiga taalluqli bo’lsa, Oy onalik, boqish xususiyatlari va uning koinot onalik printsipi bilan bog’liqdir. Yupiter-Oy, Yupiter, Merkuriy va Yupiter-Oy- Merkuriy bog’lanishlari Punarvasu energiyasiga o’xshash kuchlarni olib keladi. Barcha sayyoralarga bu nakshtradagi joylashuv juda qulay hisoblanadi, va ayniqsa Yupiter goroskopda yaxshi joylashgan bo’lsa.
Qiziqarli ma’lumot
Veda matnlarida eng hurmatga sazovor bo’lgan Koinotning boshlang’ich tovushi aynan ushbu nakshatraning ildiz tovushi hisoblanadi. Bu esa uning moddiy namoyon bo’lishining boshlanishi bilan chuqur munosabatini eslatadi.
Jinsiy tur va moslik
Punarvasu nakshatrasining jinsiy simvoli hayvon sifatida mushuk tanlangan. Mushuklar juda ham mustaqil mavjudotlar bo’lib, bu Punarvasuni eng yaxshi tasvirlaydi. Punarvasu jinsiy jihatidan agressiv bo’lishi mumkin, ammo bu Ashlesha (mushukning boshqa nakshatrasi) kabi juda kuchli agressiv emas. Ashlesha Punarvasuning eng mos keladigan nakshtralaridan biridir.
Ezoterik ma’no
Punarvasu 7 chi nakshatra bo’lib, u butun tabiatda muvozanat va tenglik aspektini ifodalaydi. Kosmos va makon bu koinotning rasmlari tikiladigan toza kanva hisoblanadi.Punarvasu unga namoyon bo’lish imkoniyatini beradi, buning uchun muhit va makon taqdim etadi. Kimyo bilan tanish bo’lganlar biladiki, har qanday reaksiyada muhit doimo muvozanatni saqlovchi element hisoblanadi. Boshqa darajada, Punarvasu ruhlarga o’tmishda qilgan barcha. salbiy harakatlarining oqibatlaridan qutulish imkoniyatini beradi. Bu barcha nakshtralar ichida karma qayta ishlovchisi eng samaralisi hisoblanadi. U Aditi Xudolar onasi bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli, juda g‘amxo‘r va har doim ikkinchi imkoniyat beradi. Punarvasu koinotda mavjud bo’lgan qarama qarshi tendensiyalarni muvozanatlaydi. Egizaklar Kastor va Polluks inson tabiatini ikki qarama-qarshi tomonini ifodalaydi, Punarvasu esa ularning o‘rtasida oltin makazni o‘rnatadi. Vishnu Tattva Punarvasuda boshlanadi deb aytish mumkin. Bu barcha kuchlar, elementlar va sayyoralar o‘rtasida muvozanat va uyg‘unlik hissini o‘rnatadigan nakshatra hisoblanadi. Punarvasugacha hech qanday nakshatra bunday funksiyani bajarmagan. Rama, Vishnuning 8 – chi inkarnatsiyasi, Punarvasuda tug‘ilgan va uning butun hayoti o‘sha davrda Yerda muvozanat yaratishga bag‘ishlangan. Ramaning o‘g‘illari Lava va Kusha arxetipik egizaklar, boshqa madaniyatlarda Kastor va Polluksning yulduzli egizaklari bilan ramz etilgan. Ular otalaridan hokimiyatni meros qilib olgandan so‘ng, ularning hukmronligi Prithvi (Ona)ning qiyin tarixida eng tinch va osoyishta davri hisoblangan.

Varahamihira fikriga ko‘ra, Punarvasudagi Oyning holati «odamni qoniqtiradi, noaniq qiLadi, o‘zini nazorat qilishni beradi, omad va yaxshi xarakter beradi». Bizning misolimiz Rama ham Punarvasuda Oyga ega bo‘lib, yuqorida sanab o‘tilgan barcha sifatlar unga mukammal mos keladi.
