28 Nakshatra haqida

Koinotdagi narsalar sxemasida Punarvasu «vastuva prapana shakti» narsalarni olish yoki qaytarib olish kuchi bilan bog‘liqdir. Asosiy mavzu— triumfal qaytish yoki yangilanishdir. Ardra’dagi maqsadga yetib boradigan o‘q endi orqaga qaytmoqda. U bulutlar va yomg‘ir oLib keladigan shamol bilan ramzlanadi va o‘simliklarni sug‘oradi. Yomg‘ir kabi, Punarvasu qayta tug‘ilish va yangilanishni olib keladi. Boshqa bir ko‘rinish, yomg‘ir o‘tib ketgach, bulutlarni olib ketadigan shamol. Punarvasu tabiati va harakatining mohiyati ikki so‘zda ifodalanadi: «ovqatlantirish» va «garmoniya». U bo‘ronlardan keyin birinchi yorug‘likni ifodalaganligi sababli, Punarvasu garmonik sharoitlarni ifodalaydi. Tabiat bo’ronlardan keyin eng garmonik ko‘rinadi, qushlar qo‘shiq aytganida va yangilangan yerning yangi hidi havoda titraganda. Punarvasu hayotning barcha sohalarida farovonlik va g‘alaba taqdim etadi. Uning ichki tinchligi va kuchli ta’sirida bo‘lganlarga qoniqarli odamlarni beradi, va ular qoniqishga osonlikda erishadilar. Ular oddiy ruhiy hayotga ishonadilar va o‘zlarining evolyutsiya jarayoniga to‘sqinlik qilishi mumkin bo‘lgan barcha salbiy energiyalardan, negativ his-tuyg‘ulardan, agressiv emotsiya va fikrlardan qutulishga harakat qiladilar.

Punarvasu ta’siridagi odamlarning tabiati

Odatda, Ardraning aqliy kuchidan mahrum bo‘lib, hayotga ancha sodda xoldagi munosabatlarda bo‘ladilar. Ular oldindan ko‘rishlik, sezishlik, tubdan eshita olishlik qobiliyatidan mahrum bo‘lishlari mumkin, bu ularning qiyinchiliklarini yaratadigan salbiy sifatdir. lek ular undan qutulishga intiladilar. Aslida, «xavfsizlik» Punarvasu nakshatrasining asosiy xususiyatlaridan biridir. Ushbu nakshatra ta’sirida bo‘lganlar jiddiy baxtsizliklardan osonlik bilan qochishadi. Masalan, Punarvasuda joylashgan Ascendent egasi odamni har qanday jiddiy kasallik, baxtsiz hodisalar, jarohatlar va boshqa zararli holatlardan himoya qiladi. Umuman olganda, ko‘tarilishlar, pasayishlar va sarguzashtlarga boy, qulay hayot kechiradilar. Ushbu odamlar odatda o‘z uylarigabog‘langan bo‘lsalar-da, zarur bo‘lganda sayohat qilishga tayyor bo‘ladilar. Ayniqsa salbiy holatlarda bunday odamlar sayohatga borgan joylarida butunlay qochishlari mumkin. Ko‘pincha ular hayotlarini umidsizlik va chalkashlik bilan yakunlaydilar, chunki ular o‘z hayotdagi yo‘llarini kuzatishdan qochadilar. Punarvasu ta’sirida bo‘lgan odamlar extiyotkor bo‘lishlari kerak. Ularning ichki yo‘nalishi ularni maqsadlarga erishish uchun zarur bo‘lgan intilish va diqqatni yo‘qotishga olib kelishi mumkin. Bu odamlar ko‘pincha-«Nima uchun?» yoki «Nima uchun xavotirlanish kerak?» kabi savollarni berib, o‘z harakatsizligiga falsafiy asos topishga harakat qiladilar. Yuqori nuqtai nazardan, Punarvasu maqsadga erishish qobiliyatini beradi, bu esa uning erishish murakkabligidan qat’i nazar amalga oshiriladi.

Punarvasu rivojlangan turi va xususiyatlari

Поделиться

Добавить комментарий

Прокрутить вверх