28 Nakshatra haqida

Punarvasu energiya va resurslarimizni o‘z ichiga oladi. Biz o‘zimiz maqsad va vaqtni tanlashimiz mumkin, qachonki ulardan foydaLanishga qaror qilganimizda. Punarvasu har doim o‘z missiyasini tugatgandan so‘ng to‘liq qaytish bilan ajralib turadi. Ushbu missiya do‘konga borish kabi oddiy bo‘lishi mumkin yoki Everestni zabt etish kabi qiyin bo‘Ladi. Missiya har qanday darajada bajarilishi mumkin – jismoniy, aqliy, hissiy, astral (ruhiy) yoki sababiy. Punarvasuning asosiy vazifasi jo‘nash nuqtasiga xavfsiz qaytishni ta’minLashdir. Shuning uchun dono odamlar nazarida Punarvasu xavfsizlikning sinonimi sifatida qabul qilinadi. Odatda, Yoy yulduzlar to‘plami bilan bog‘liq barcha sifatlar, o‘q bilan ramzlangan bo‘lib, Punarvasuga ham tegishlidir. Sayohat har doim boshLanadigan joyda tugaydi degan tushuncha bizni doira, sikl g‘oyasiga olib keladi. Vaqt va haqiqat aylanishli, chiziqli emasligi zamonaviy dunyoning ko‘plab qismida (xudud) qabul qilinadi. Zamonaviy Darvin evolyutsion nazariyasi insoniyat erkin ravishda tabiiy tanLov natijasida rivojLanishini ta’kidLaydi. Bu odamlarning har bir avlod osha aqlliroq anglatadi. Nazariya biz chiziqli va oldinga harakatlanayotgan vaqt ichida doimiy taraqqiyot holatida ekanligimizni ta’kidlaydi. Ammo qadimiy tsivilizatsiyalar vaqtning aylanishli ekanligini, tabiatning o‘zini doimiy ravishda qayta tiklanayotganini va bu jarayonlarning doimiy va davomiy takrorlanaverishini bilishgan. Ular vaqtni ko‘proq spiral, masalan, DNK zanjiri, genetik kod shaklida emas, balki doira tuzilishida ko‘rganlar. Abadiy haqiqatni tasvirlash uchun esa doimo doira ramzi ishlatilgan. Shu nuqtai nazardan qaraganda, Shatabhisha (24-nakshatra) va Punarvasu – koinot funksiyasining ushbu aylanishli va doiraviy jihatini ochib beruvchi ikki asosiy nakshatra hisoblanadi.

Boshqaruvchi Xudo

Punarvasu nakshatrasining asosiy boshqaruvchi Xudosi – Aditi, 12 Aditya (Quyosh Xudolari)ni onasi hisoblanadi. Aditi so‘zi «cheksiz» deb tarjima qilinadi va uni ko‘pincha mo‘l-ko‘llik Xudosi sifatida tasvirlashadi. U koinotdagi barcha ilohiy mavjudotlarning onasi deb ataladigan Osmon Xudosi hisoblanadi. Shunday qilib, Aditi butun koinot bilan chambarchas bog‘liqdir. Biz bilganimizdek, namoyon bo‘lgan koinot asosan fazo va vaqt o‘zaro ta’siridan tashkil topgan. Fazo va vaqt cheksizlik sifatiga ega bo‘lib, ularga cheksiz deb qarash mumkin. Bu nuqtai nazarda qaraganda, Punarvasu yulduzi nomi «ko‘rinadigan cheksizlik» degan aniq ma’noni anglatadi. Biroq, haqiqatda vaqt va fazo ma’lum bir ma’noga ega bo‘lib, avvalgi tavsiflangan tabiatning aylanishli jihati biLan cheklangan. Aditi yoki fazo har qanday harakat yoki rivojlanish biLan bog‘liqdir. Agar fazo bo‘lmasa, harakat ham mavjud bo‘lmaydi. Aslida, bunday sharoitda mavjudlik tushunchasi bo‘lishi mumkin emas. Fazo doimo qabul qiluvchi, ayol printsipi sifatida qaraladi va erkak energiya sifatida qabul qilingan vaqtga qarshi turadi. Ushbu fikrga ko‘ra, Aditi – uning singlisi Diti bilan bog‘liq bo‘lmagan barcha mavjudotlarning onasidir. Diti cheklangan makon koinotdagi barcha ilohiy kuch bo‘lmagan, demonik mavjudotlarning onasidir. Diti, tun kabi, qorong‘u, sirli va yovuz tabiat tomonlarini o‘z ichiga olgan qorong‘u makon sifatida ko‘riladi. Aditi esa quyosh nuri bilan to‘ldirilgan kun kabi, tabiatning yaxshi tomonini e’lon qiluvchi makon ila bog‘liqdir. Aditining Punarvasu bilan boshqarilishi onalikni, g‘amxo‘rlik, aqllilik, murosaga ega bo‘lga energiyani ta’minlaydi. Barcha narsani o‘z ichiga olgan makon kabi, Punarvasuda tug‘ilgan odamlarni, vaziyatlar, sharoitlar va energiyalarni o‘z ichiga oladi.

Tabiati va xarakteri

Поделиться

Добавить комментарий

Прокрутить вверх