1-pada (10°00′-13°20′, Qo‘y, Mars boshqaruvi ostida) Ijodkorlik va kuch bilan tavsiflanadi. Ushbu padada tug‘ilganlar rationallik, maqsad sari intilish va jasoratga ega bo‘lib, o‘z orzulariga erishishda qat’iyatli bo‘ladi.
2-pada (13°20′-16°40′, Qo‘y, Venera boshqaruvi ostida) Mo‘jizakorlik va farovonlikni ifodalaydi. Bu padadagilar go‘zaUik va san’atga mehr qo‘yadi, va jamiyatda qadr-qimmatga ega bo‘lishni xohlaydi
3- pada (16°40′-20°00′, Qo‘y, Merkuriy boshqaruvi ostida) Ong va muloqot qobiliyatini kuchaytiradi. Bu padasida tug‘ilganlar yaxshi muloqotchi, ijtimoiy faol va intellektual faollikka ega bo‘ladi.
4- pada (20°00′-23°20′, Qo‘y, Oy boshqaruvi ostida) Hissiyot va sezgirlik kuchayadi. Ushbu padada tug‘ilganlar mehribon, romantik va kreativ bo‘lib, chuqur ruhiy qobiliyatga ega.Hayvoniy ramzi Rohini uchun hayvoniy ramz kobra yoki ilon hisoblanadi. Bu erkinlik, mo’jizakorlik va jinsiy faoliyat bilan bog‘liqdir.
Ezoterik ma’nosi
Moddiy koinot ushbu nakshtraning energiyalari ta’sirida shakllanadi. Krittika olovi yer elementiga aylantiriladi. Fizika tilida buni shunday ifodalash mumkin,– toza energiya zichlashib, natijada atomlar, molekulalar va boshqalarni hosil qiladi. Rohini Brahmanik energiyani massa (modda)ga aylantirish qobiliyatini ifodalaydi.Biz hammamiz tan olishimiz kerakki, turli darajalardagi zavq va quvonch hayot o‘yinining asosidir. Agar bu Rohini uchun to‘g‘ri bo‘lmasa, unda koinot aqliga hayot dramasi davom ettirishda qiyin bo‘lardi, chunki juda kam ruhlar buni o‘ynashni xohlagan bo’lardilar.
Rohinida tug‘ilganlarning xarakteri
Rohini nakshatrasida tug‘ilganlar juda qat’iyatli va maqsadlariga intiluvchan bo‘lib, faqat va faqat xohlagan narsalariga erishganda tinchlanadilar. Oila qadriyatlari ular uchun juda muhim bo‘lib, yaqin do‘stlar doirasiga kiradiganlarga yordam berishadi. Bu doiraga kirmaydigan Rohinida tug‘ilganlarning e’tiborini uzoq ushlab turolmaydilar, chunki ular boshqalarning zaif joylarini juda tez sezadilar. Tabiatining harakatsizligiga qaramay, ular ijtimoiy va jamoaviy o‘zaro aloqalar haqida gap ketganda atrofdagilar orasida uchishdan zavq olishadi. Pastki printsip asosida ishlagan holda, Rohini odamlarni sovuqqon va muloyim oportunistlarga aylantiradi, ular boshqalardan xayrixohlik va moliyaviy yordam olishda mohir bo‘ladilar. Odatda Rohini nakshatrada tug‘ilganlar juda konservativ, lekin shu bilan birga yangi ta’sirlarga ochiq bo‘ladilar («Konservativ» so‘zi bu yerda barcha ma’nolarda ishlatilgan). Ularning tabiatining konservativ qismi o‘z tanasini saqlashga bo‘lgan munosabatda aniq namoyon bo‘ladi. Rohini bizning hayotiy kuchlarimiz bilan mustahkam bog‘langan. Rohini kuchli bo‘lganlarning aksariyati sog‘lig‘iga ehtiyotkorlik bilan qaraydi va uzoq umr ko‘radilar. Yoshlarda Rohini o‘limdan qo’rqish va o’sish jarayonini qabul qilmaslikni keltirib chiqarishi mumkin.

Kasblar
Dehqonchilik Botanik tadqiqotlar Sanat va musiqa. Sog’liqni saqlash Savdo va moliya Dizayn va moda. Transport, neft – gaz va to’qimachilik sanoati.
Joylar
Fermerlar
Bog’lar
Plantatsiyalar
O’tlar o’sadigan joylar
Avtobus to’xtash joylari
Temir yo’l stantsiyalari
Tayyor mahsulotlarni yuklash joylari
Suv havzalari va basseynlar
Banklar va moliya muassasalari
Savdo joylari
Barlar
Restoranlar
Mehmonxonalar
Turistik kurortlar
Ijod uchun studiyalar
Qimmatbaho toshlar konlari va yuqorida sanab o’tilgan kasblar bilan bog’liq barcha joylar.
Faoliyatlar