Harflar va tovushlar
Birinchi pada 26°40′-30°00′ «A»
Ikkinchi pada 00°00′-3°20′ «I»
Uchinchi pada 3°20′-6°40′ «U»
To‘rtinchi pada 6°40′-10°00′ «E»
Kritika sanskrit alifbosida «Im», «U» va «Yu» ga mos keladi, shuning uchun uning mantra «Om im», «Om u» va «Om yu».
Varahamihira so‘zlariga ko‘ra, Krittikada Oy bo‘lsa «yorqin ko‘rinish, sevgi, turmush o‘rtog‘iga nisbatan muloyimlik, haddan tashqari istaklar va keng tarqalgan mashhurlik» beradi.

4-Nakshatra (Yulduz) Rohini

Osmondagi joylashuvi
Buzoq (10°00’– 23°20′) Rohini urug‘ (don, avlod, manba) va Oy energiyasining manbai hisoblanadi. TeLeskopda juda yorqin och-qizil yulduz ko‘rinishida. Zamonaviy astronomiyada bu yulduz Aldebaran (Alpha Tauri) nomi bilan tanilgan. Aldebaran kechki osmondagi eng yorqin yulduzlardan biri bo‘lib, ko‘rinadigan yorqinligi 0,99 yulduz kattaligiga teng. Aslida, bu kechki osmondagi ko‘rish mumkin bo‘lgan yagona och-qizil yulduzdir. Qadimda ma’rifatli vedik donishmandlar bu yulduzni ibodat qilganlar, chunki u Brahma va Prajapatining makoni deb hisoblangan.

Ramzi va asosiy ma’nosi
Rohini o‘sish, farovonlik va unumdorlik ramzi hisoblanadi. Asosiy ramzi ikkita buzoq bilan tortiLgan arava, bu qishloq xo‘jaligi va barqarorlik belgisidir. Bu nakshatra Oy energiyasining manbai sifatida qabul qilinadi, shuningdek, hosildorlik va ijodkorlikning ramzidir.
Ijtimoiy mavqei
Rohini shudra kastasiga mansub bo‘lib, yer bilan bog‘liq bo‘lgan faoliyat dehqonchilik, qurilish va hunarmandchilik bilan shug‘ullanuvchi odamlarni ifodalaydi. Nakshatra «yerning tuzi» bo‘lib, ekologik va moddiy dunyo bilan yaqin aloqada bo‘lganlarni bildiradi.
Xususiyatlari
Sabrli, qat’iyatli, barqaror, go‘zallikni qadrlaydigan shaxslar. Ularning tashqi ko‘rinishi odatda jozibali, qattiq iroda va ijodkorlikka ega. Rohiniga tegishli insonlar tabiatidan hayotga go‘zal muhabbat bilan qaraydilar, moddiy va badiiy narsalarga qiziqishlari yuqori bo‘ladi.
Jinsiy tabiati va temperament
Rohini ayol nakshatrasi hisoblanadi. Oy va Venera boshqaruvi tufayli yumshoq, mehribon, ayolona fazilatlar kuchli. Temperament muvozanatli, ko‘p hollarda tinch va barqaror. Rohini rajasik guna bilan tavsiflanadi. Tatva Rohini yer elementi bilan bog‘liq.
Tana qismlari va ayurvedik konstitutsiya
Peshona, bilak, oyoq. Bu, birinchi navbatda, Kapha- nakshatra, ya’ni «suvli». Bu Oy va Venera bilan aloqasi tufayli yuzaga keladi. Uchta doshadan Kapha yer elementi bilan eng yaqin bog‘langan, bu avtomatik ravishda Rohiniyani Kapha nakshatra qiladi.
Boshqaruvchi sayyoralar
Asosiy boshqaruvchi sayyora Oy, unga ona sifatida parvarish va emotsional boylik beradi. Ikkinchi boshqaruvchisi Venera – u jozibadorlik, sanat va farovonlik ramzidir. Boshqaruvchi Xudosi Brahma, – u esa yaratuvchi kuch va dunyoning boshqaruvchisi.
Guna va elementlar
Rohini rajas bilan tavsiflanadi. Unda Yer elementi ustun bo‘lib, barqarorlik va amaliyotga urg‘u beradi. Rohini manushya ganasiga mansub, insoniylik va ijtimoiy ko‘nikmalarni bildiradi.
Rohini nakshatrasi padalari