Глава
Kirish
Nakshatralarning inson hayotiga umumiy ta’siri
Prash Trivedi bilimlariga asoslangan.

Yulduzlar, bu olamning abadiy sirlarini saqlovchilar, va nakshatrlar—inson hayotidagi sehrli kalitlar. 28 ta nakshatra, bu shunchaki yulduzlar emas, balki ular biz bilan bog‘langan, xarakterimiz, taqdiri – azal qismatimizdagi hayratlanarli bizning hikoyalardir. Ular insoniyatni ichki olamidan tortib tashqi dunyosigacha hayotining barcha jihatlariga ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu kitob sizni qadimiy vedik astrologiyaning sehrli olamiga taklif etadi. Har bir yulduz o‘zining noyob energiyasini ochib berib, shaxsiyatimiz, munosabatlarimizga, ham baxtimizga qanday ta’sir qilishini tushunishga yordam beradi. Nakshatralar atrofida shakllangan ushbu bilimlar, nafaqat o‘zligimizni yanada chuqurroq anglashda, balki hayotdagi muhim qarorlarni qabul qilishda, shaxsiy va ommaviy bo’lgan munosabatlarimizni mustahkamlashda kuchli qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi. Shu sababli, ushbu sayohatga tayyor bo‘ling! Kosmik sirlar va yulduz donoligi sizni yangi bilimlar, yangi his-tuyg‘ular va kutilmagan kashfiyotlarga olib boradi. Siz o‘z yulduzingiz ostida yorqinroq porlashni boshlaysiz!
Men umid qilaman-ki, ushbu kitob kosmik uzatkichlarni yanada chuqurroq o‘rganish uchun ilhom beradi va vaqt o‘tishi bilan biz ajdodlarimizda bo‘lgan toza va to‘liq tushunchaga yaqinlashasiz.
Vedic astrologiya tizimi, sanskrit tiLida Jyotish deb ataladigan, 27 ta yulduz to‘plami, 12 ta burj belgisiga ko‘ra, bizning sayyoramizga bo‘lgan astrologik ta’sirni tushunishning asosini tashkil etadi. 27 ta yulduz to‘plami nakshatra (yulduz) deb nomlanadi. «Nakshatra» atamasi ikki qismdan iborat: «nak»– «osmon»ni, «shetra» esa «hudud»ni anglatadi va «Osmon xaritasi»deb tarjima qilinadi. Ikkinchi atamasi xam bor bo‘lib unga ko‘ra boshqa tarjima ham mavjud: «naksha» – «xarita» va «tara»– «yulduz», shuning uchun Nakshatra —bu «Yulduzlar xaritasi». Ikkala tarjima ham azal qadimgi vedik qarashlarga ko‘ra, 27 ta nakshatra (yulduz to‘plami) 12 ta rashi (burj belgisi) emas, balki osmon xaritasi ekanligini aniq ko‘rsatadi. Jyotish astrologiya (Vedik astrologiya) nakshtrasiz «inson tanasi ko‘zlarsiz qanchalik to‘liq bo‘lmasa, shunchalik to‘liq emas» deyiladi. Agar Jyotish – bu «Veda ko‘zlari» bo‘lsa, Nakshatrlar – bu «Jyotish ko‘zlari». Shunday qilib, 27 ta nakshatra bizning tug‘ilishimizdan to tanamizning vafotigacha bo‘lgan hayot yo‘limizni aks ettiradi. Biror kishining hayot yo‘lini 27 ta nakshatra orqali juda qisqa va aniq ko‘rish mumkin.
Ashvini bizning hayotimizning birinchi yiLiga mos keladi. Bu davrda omon qoLishimiz to‘liq tashqi yordamga bog‘liq bo‘ladi va biz faqat instinktiv darajada harakat qilamiz. Bharani esa chaqaloq davrini ifodalaydi, bu paytda tishlar o‘sishni boshlaydi va ovqatlanish kabi transformatsion jarayonlar sodir bo‘ladi. Bu bosqichda biz ko‘proq mas’uliyatni o‘z zimmamizga olishni boshlaymiz, masalan, o‘zimiz ovqatlanishni o‘rganamiz. Ushbu davrda odatda «xohlayman» va «xohlamayman» degan dastlabki iroda namoyon bo‘ladi. Keyingi bosqich o’rganish bosqichi. Biz yurishni, o‘ylashni, gapirishni va hokazo ko‘nikmalarni o‘rganamiz. Bularning barchasi dastlabki o‘qitishlar Krittika nakshtrasining ta’sir kuchida amalga oshadi. Ushbu bosqich 4 yoki 5 yoshgacha davom etishi mumkin. Yozishni o‘rganish ham bu bosqichning bir qismidir. Ushbu davrda intizom muhim ahamiyatga ega bo‘lib, u Ashvini va Bharaniyining dastlabki toza ongidan o‘sishi kerak. Bundan keyin Rohini keladi. Bu bosqichda bola oldingi bosqichda olingan yangi ko‘nikmalar yordamida moddiy dunyoni tushunishni va undan zavq olishni boshlaydi. Mrigashira—bu nuqta, shunda biz o‘z qiziqishimizga ergashamiz. Ardra esa tajribamizni tahlil qilish va anglash vaqti. Purnavasu – bu bizning his – tuyg‘ularimizni his qila boshlaganimiz davridir.