Vedik madaniyatida ko‘plab ruhiy mavjudotlar mavjud – devalar, apsarlar, gandharvalar va boshqa yuqori kuchlar, ular farishtalarga o‘xshash vazifalarni bajaradilar. Devalar – yorug‘likli yuqori kuchlar, tabiiy kuchlarni boshqaradi va koinot tartibini (dharma) ni saqlaydilar. Apsaralar va gandharvalar—ruhiy musiqachilar va elchilar bo‘lib, odamlarning ma’naviy yo‘lida yordam beradilar. Bhagavad Gitada Krishna barcha mavjudotlarning, jumladan Xudolarning ham tug‘ilishi va o‘limi siklik ekanligini aytadi, ularning o‘limga duchor bo‘lishini va Oliy Absolyut- Tangriga bog‘liqligini ta’kidlaydilar. Shu o‘rinda aytib o‘tmoqchimanki – Sur, Deva, polu Bogi, yani yarim Xudolar – Xudo deyilganda va ularni ko‘p sonli ekanliklari xaqida aytilganda, aslo ularni Olloh taolo bilan yanglishtirmang. Tangri -Olloh, – xar kim turli chaqiradi va Udir yagona sherigi bolmagan azal va abadiy Nur – butun borliqni yaratgan oliy kuch. Bular esa oliy emas yuqori kuchlar. Yani Oliy kuchning yaratganlari orasidagilardan birlaridir va bari Ollohga boysungan xolatda, xar biri oz vazifasiga ega boshqaruvchilardir va Yaratganning amriga kora xarakatlanuvchilardir. Odamlar ularni avvaldan to xozirgacha xudolar deb atashgan. Suv Xudosi, yer Xudosi, oy Xudosi va ko‘plab boshqalar. Vedik mavjudotlar ko‘pincha yorqin, qudratli va ruhiy jihatdan rivojlangan sifatida tasvirlanadi, Oliy kuch, Allohga, yani yagona Absalyutga xizmat qiladi va dunyoda uyg‘unlikni ta’minlaydi.
O‘xshashliklar va farqlar
Barcha an’analarda ruhiy mavjudotlar Olloh bilan odam o‘rtasida vositachilar, himoyachilar va ilohiy irodani bajaruvchilardir. Ular gunohsiz, ruhiy kuchga ega va oliy tartibga xizmat qiladi. Farqlar shakllar, nomlar va vazifalar tafsilotlarida madaniy va diniy kontekstga bog‘liq. Umummiy xulosada – Farishtalar va ularga o‘xshash ruhiy mavjudotlar – dunyoning muqaddas kitoblari va ruhiy an’analarida aks etgan umumiy va universal hodisadir. Ularning vazifasi yaratish tartibini saqlash va Ollohga ga xizmat qilishdir. Ularning ahamiyatini tushunish yaratishning birlik va uyg‘unligini, shuningdek, insonning ruhiy yo‘lini va Ilohiy bilan aloqasini anglashga yordam beradi.
3-bob.
Devlar – Nur va yaxshilik mavjudotlari
Devlar – turli diniy va afsonaviy an’analarda nur, yaxshilik va tartib vakillari sifatida tasvirlangan ruhiy mavjudotlardir. Ularning tasviri zardushtiylikda, hind dinida, islom an’analarida va xalq e’tiqodlarida uchraydi. Nomlari va tafsilotlarida farqlar bo‘lsa-da, devlar odatda ijobiy kuchlar bilan bog‘lanadi, ular uyg‘unlikni saqlash va yomonlikka qarshi kurashishda yordam beradi.
Zardushtiylikda devlar – Zardushtiylikda devlar (daeva) dastlab Ahura Mazdaga qarshi chiqqan ruhlar bo‘lib, yomonlik va tartibsizlik ramzi hisoblanadi. Ammo zardushtiylikda shuningdek, tartib va yaxshilikni qo‘llab-quvvatlovchi amesha spentlar – nurli ruhlar ham mavjud. Shunday qilib, zardushtiylikda devlar ko‘proq salbiy kuchlar bilan bog‘liq bo‘lsa-da, mintaqaning afsonaviy va madaniy qatlamlarida yaxshilik va yomonlik tushunchalari kesishishi va o‘zgarishi mumkin.
Hind dinida devlar – Hind dinida devlar (deva) nurli va yaxshilik kuchlari bo‘lgan xudolar va ilohiy mavjudotlardir. Ular tabiiy hodisalarni boshqaradi, koinotni himoya qiladi va odamlarga yordam beradi. Devlar asurlarga – yovuz ruhlar va kuchlarga qarshi turadi.
Mashhur devalar:
Hind dinida devlar yorug‘likli, qudratli mavjudotlar bo‘lib, koinot tartibini (dharma) ni saqlaydi va odamlarga ruhiy yo‘lda yordam beradilar.
Agni – olov Xudosi.
Varuna – suv va koinot tartibi xudosi.